Asosiy mazmunga o‘tish
qidir.
Ro‘yxatdan o‘tish
Qo‘llanma

QIDIR’dan qanday foydalaniladi?

5 daqiqada hammasini tushunasiz: tajriba o‘tkazish, natijani saqlash, hisobot olish va SHaxa AI bilan gaplashish.

6 qadamda boshlang

1

Ro‘yxatdan o‘ting

Ism, telefon (+998) va parol kifoya. Telefoningizda Qidir ochiq bo‘lsa, kompyuterga QR kod bilan bir zumda kirasiz.

2

Laboratoriyani tanlang

Laboratoriyalar bo‘limida fan, daraja va qidiruv bo‘yicha saralang. Har bir lab: nazariya → tajriba → kuzatish → xulosa → test.

3

Tajriba o‘tkazing

Slayderlar, tugmalar va sichqoncha bilan jihozlarni suring. Har bir o‘lchov jadvalga yoziladi, grafik avtomatik chiziladi.

4

Hisobot va natija

Kuzatish va xulosani yozing — natija hisobingizda saqlanadi. Hisobotni PDF qilib chop etishingiz mumkin.

5

Test va sertifikat

Testdan o‘ting, XP to‘plang va darajangizni oshiring. Yo‘nalishni tugatganda sertifikat olasiz.

6

SHaxa AI dan so‘rang

Tushunmagan joyni yozing yoki mikrofon tugmasi orqali gapiring. SHaxa manbalar bilan javob beradi.

Studiyalar — erkin tajriba maydoni

Klaviatura va sichqoncha

  • Ctrl + KSayt bo‘yicha qidiruv
  • Sichqoncha g‘ildiragiGrafik va 3D sahnani yaqinlashtirish
  • SudrashJihozlarni, nuqtalarni va kamerani siljitish
  • EnterSHaxa AI ga xabar yuborish
  • EscOynani yoki ovozli suhbatni yopish

Texnik talablar

  • BrauzerChrome, Edge, Safari, Firefox (oxirgi 2 versiya)
  • 3D sahnalarWebGL yoqilgan bo‘lishi kerak
  • Ovozli suhbatMikrofonga ruxsat va HTTPS
  • TelefonAndroid 8+ / iOS 15+ yoki Android ilovasi
  • KompyuterWindows 10/11 ilovasi yoki brauzer
Savolingiz qoldimi?Yordam markazida tez-tez beriladigan savollar va administrator bilan yozishma bor.
Yordam markazi
qidir.