Asosiy mazmunga o‘tish
qidir.
Ro‘yxatdan o‘tish
Yordam markazi

Qanday yordam bera olamiz?

Javobni savollar ichidan qidiring yoki administratorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing — javob shu yerda va Telegram’da keladi.

Ro‘yxatdan o‘tish bepulmi?
Ha. Ro‘yxatdan o‘tish va bepul laboratoriyalar har doim bepul. PRO va PREMIUM tariflari qo‘shimcha laboratoriyalar va hisobotlarni ochadi. Sertifikat uchun tajribani saqlab, testdan kamida 100/100 ball oling.
Parolni unutdim — nima qilay?
Kirish sahifasida «Parolni unutdingizmi?» tugmasini bosing. Tiklash havolasi elektron pochta yoki Telegram bot orqali yuboriladi.
QR kod orqali qanday kiraman?
Kompyuterda Kirish → QR kod bo‘limini oching. Telefonda Qidir’ga kirgan holda QR skanerni ochib kodni skanerlang va «Ruxsat berish»ni bosing. Kod har 1 daqiqada yangilanadi.
Qaysi telefon raqamlari qabul qilinadi?
O‘zbekistonning barcha operatorlari: Beeline (90, 91), Ucell (93, 94, 50), Mobiuz (88, 97, 87), Uzmobile (95, 99, 77, 55), Humans (33), Perfectum (98) va shahar raqamlari. Format: +998 XX XXX XX XX.
Laboratoriya ochilmayapti yoki sekin yuklanmoqda
Laboratoriya jihozlari birinchi marta yuklanganda «Jihozlar yuklanyapti» yozuvi chiqadi. Internet sekin bo‘lsa biroz kuting. Brauzeringizni yangilang (Chrome, Edge, Safari, Firefox). 3D sahnalar uchun WebGL yoqilgan bo‘lishi kerak.
Natijalarim va hisobotlarim qayerda saqlanadi?
Barcha natijalar hisobingizga bog‘langan: Kabinet → Natijalar va Hisobotlar. Hisobotni PDF qilib chop etish mumkin.
Kimyo stolida o‘z reaksiyamni qo‘sha olamanmi?
Reaksiyalarni administrator qo‘shadi (JSON import/eksport bilan). Taklifingiz bo‘lsa, «Taklif va g‘oya» mavzusida murojaat yuboring.
To‘lovni qanday amalga oshiraman?
Tariflar sahifasida tarifni tanlang va Payme, Click, Uzum yoki karta orqali to‘lang. To‘lov tasdiqlangach tarif darhol faollashadi.
To‘lov o‘tdi, lekin tarif faollashmadi
Odatda 1–2 daqiqa ichida faollashadi. Agar 15 daqiqadan keyin ham o‘zgarmasa, «To‘lov va tariflar» mavzusida murojaat yuboring va chek rasmini ilova qiling.
SHaxa AI ovozli suhbati ishlamayapti
Brauzer mikrofonga ruxsat so‘raydi — «Ruxsat berish»ni tanlang. Ovozli suhbat HTTPS orqali ishlaydi. SHaxa kompyuterni boshqarmaydi, faqat gapirib ma’lumot beradi.
SHaxa AI javoblari ishonchlimi?
SHaxa internetdan ma’lumot izlaganda manbalarni ko‘rsatadi. Muhim ma’lumotni darslik yoki o‘qituvchingiz bilan tekshiring.
Android va Windows ilovalari bormi?
Ha. Ilovalar bo‘limidan Android (APK) va Windows (EXE) ilovalarini yuklab oling. Ular Qidir.co.uz bilan bir xil hisobda ishlaydi.
Ma’lumotlarim xavfsizmi?
Parollar bcrypt bilan, API kalitlar AES-256 bilan shifrlanadi; sayt HTTPS orqali ishlaydi. Batafsil: Xavfsizlik va Maxfiylik.
Administratorga yozish uchun kiring Murojaatlaringiz tarixi va javoblar hisobingizda saqlanadi.
qidir.