Mexanik to‘lqin
Tebranishlarning muhitda tarqalishi to‘lqin deyiladi. To‘lqin energiya ko‘chiradi, lekin modda zarralari faqat o‘z muvozanat holati atrofida tebranadi. Ipdagi to‘lqinda zarralar tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar tebranadi — bu ko‘ndalang to‘lqin.
Asosiy kattaliklar
- Amplituda — eng katta siljish.
- Davr va chastota (Hz).
- To‘lqin uzunligi — bir xil fazada tebranayotgan eng yaqin ikki nuqta orasidagi masofa.
- Tarqalish tezligi: .
Ipdagi to‘lqin tezligi faqat ipning xossalariga bog‘liq — taranglik kuchi va chiziqli zichlik :
Chastota manba (vibrator) tomonidan belgilanadi, shuning uchun chastota oshsa, to‘lqin uzunligi kamayadi.
Qaytish va turg‘un to‘lqin
To‘lqin ip uchidan qaytadi. Mahkamlangan uchdan qaytganda faza qarama-qarshiga o‘zgaradi (do‘nglik chuqurlikka aylanadi), erkin uchdan qaytganda — o‘zgarmaydi. Kelayotgan va qaytgan to‘lqinlar qo‘shilib turg‘un to‘lqin hosil qiladi: ba’zi nuqtalar (tugunlar) umuman tebranmaydi, boshqalari (do‘ngliklar) eng katta amplituda bilan tebranadi.
Ikki uchi mahkam ipda turg‘un to‘lqin faqat ip uzunligiga butun son yarim to‘lqin joylashganda paydo bo‘ladi:
— asosiy ton, qolganlari — obertonlar (garmonikalar).
Tajriba tartibi
- «Yutuvchi» uchni tanlang (qaytish yo‘q). ν = 2 Hz da chizg‘ichni surib ikki qo‘shni do‘nglik orasini o‘lchang — bu λ.
- v = λν ni hisoblang va natijalar panelidagi v bilan solishtiring. Tarangl ikni 4 marta oshiring — v 2 marta ortadimi?
- «Mahkam» uchni tanlang, so‘nishni 0,1 qiling. Chastotani sekin oshirib turg‘un to‘lqin paydo bo‘ladigan qiymatlarni toping.
- Yashil zondni tugunga va do‘nglikka qo‘yib, grafikdagi tebranishlarni solishtiring.